Toshkentda o‘tgan sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga qaraganda 1,16 marta oshdi

Foto: O‘zA
Toshkentda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bu yerda o‘zaro manfaatli bitimlar tuzish imkoniyati mavjudligi bois o‘tgan yilgi forumda sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot xarid qilish bo‘yicha 11,8 trillion so‘mlik, eksport bo‘yicha 8,3 milliard dollarlik shartnomalar tuzilgan edi. Joriy yilda mahsulot sotib olish bo‘yicha shartnomalar qiymati o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 1,16 marta oshdi. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga xalqaro miqyosda talab ortib borayotganidan dalolatdir.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ikki bosqichda o‘tkazildi. Joriy yilning mart-iyun oylarida hududlarda tashkil etilgan o‘n uchta ana shunday tadbirda 5 mingdan ortiq sanoat korxonasi qatnashdi. Ular o‘rtasida mahsulot yetkazib berish hamda sanoat kooperatsiyasi borasida miqdori bir trillion so‘mlikdan ko‘proq shartnomalar imzolandi. Tog‘-kon uskunalari, bog‘dorchilikka mo‘ljallangan mini-traktorlar, elektr generatorlari, tibbiyot jihozlari, yuqori sifatli moy va keramika mahsulotlari va boshqa takliflar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ikkinchi bosqichda mamlakatimizning qariyb uch mingdan ortiq korxona, kompaniya va tashkilotlari tomonidan mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, qurilish, metallurgiya, kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat, yengil sanoat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarning 22 mingdan ziyod nomdagi tayyor mahsulotlari, butlovchi buyumlar va materiallari taqdim etildi. Ularning mingdan ziyodi yangi o‘zlashtirilgan.
Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlardagi firma va kompaniyalarning 1 ming 300 dan ortiq vakili yurtimiz sanoati salohiyati bilan tanishib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. Ayni paytda ular mamlakatimizda qo‘shma korxona ochish istiqbollarini baholash imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunida korxona, kompaniya va tashkilotlarning taqdimotlari turli nominatsiyalar bo‘yicha baholanib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Hududlarning eng yaxshi taqdimoti nominatsiyasida Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari peshqadamlik qilgan bo‘lsa, eng yaxshi taqdimot o‘tkazgan tashkilot sifatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati e'lon qilindi.
Toshkent, sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025