Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PUMA smartfondan boshqariluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi

Nike kompaniyasi dizaynerlari "Kelajakka qaytish" trilogiyasining ikkinchi filmidagi o‘zi bog‘lanuvchi krossovkalar yaratish g‘oyasi ustida yillab bosh qotirishdi va natijada buning uddasidan chiqishdi. Biroq sport kiyimlari va aksessuarlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Puma kompaniyasi ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaslikka qaror qildi va dunyoga o‘zining avtomatlashtirilgan poyabzalini taqdim etdi. "Hi-News" nashri shu haqida xabar berdi.
Aslida, Puma krossovkalari o‘tgan yili Autodiscs nomi ostida namoyish qilingandi, biroq shundan keyin ular haqida hech qanday ma'lumot berilmadi. Aftidan, ishlab chiqaruvchi o‘z natijalaridan ko‘ngli to‘lishi uchun poyabzal konstruksiyasini qayta ishlagan ko‘rinadi. Poyabzalga bog‘ichlarni mustahkamlaydigan yoki aksincha, bo‘shashtiradigan elektromotorlar o‘rnatilgan. Bu krossovkalarning o‘zidagi tugmalar yordamida yoki rasmiy mobil ilovaning ichida amalga oshiriladi. "+" belgisiga bosilganda - bog‘ich mustahkamlanadi, "-" belgisida - bo‘shashtiriladi.
Ko‘pchiligimizga bunday tizim dangasa kishilarga mo‘ljallangandek tuyuladi, ammo aslida Puma o‘z mahsuloti bilan professional sportchilar, eng avvalo yugurish ustalarining talabini qondirishni ko‘zlagan. Autodiscs krossovkalarining reklama roliklariga to‘qqiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt va professional golfchi Riki Fauler jalb etilgan.
Krossovka ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Autodiscs'ning HyperAdapt'dan (Nike) ustunlik tomonlari bor: birinchisi - bog‘ichlarni tortuvchi motorlar poyabzalning tag qismida emas, ularning tilida joylashganligi bo‘lsa, ikkinchisi - krossovkalarning smartfon bilan bog‘langanligi. Smartfon orqali nafaqat bog‘ichlar boshqariladi, balki poyabzal akakumulyatorida qancha zaryad qolgani ham nazorat qilinadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
Mavzuga oid

16:45 / 05.12.2023
Bir-biridan arazlab ikkita kompaniya ochgan aka-ukalar - Adidas va Puma tarixi

09:11 / 05.01.2023
Dunyodagi eng qimmat piyoda jangovar mashinasi «faqat shartli ravishda urushga yaroqli»

17:21 / 11.02.2022
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Puma uchuvchisiz uchish apparatini sotib olayotganini rad etdi

00:41 / 20.12.2018