Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Puma uchuvchisiz uchish apparatini sotib olayotganini rad etdi

Foto: USMC / Lance Cpl Frank Cordoba
O‘zbekistonda bugungi kunga qadar «Puma-RQ 20» uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko‘tarilmagan. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«O‘zbekiston qurol-yarog‘ va harbiy texnika xalqaro bozorini doimiy ravishda kuzatib boradi. Dunyoda robot tizimlari rivojlanayotgan bir paytda uchuvchisiz uchish apparatlarining kuzatilib borilishi ham bundan mustasno emas.
Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari bu borada yetakchilardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma’lum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar «Puma-RQ 20» uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko‘tarilmagan», deyiladi xabarda.
Avvalroq, AeroVironment kompaniyasi AQShning tashqi harbiy sotuvi (FMS) dasturi doirasida Puma 3 AE uchuvchisiz uchish apparatlarini O‘zbekistonga yetkazib berishi ma’lum qilingandi.
AQSh armiyasi qo‘mondonligidan 8,54 million dollarlik kelishuv bo‘yicha uchuvchisiz uchish apparatlarini yetkazib berish 2022 yil 30 noyabrgacha yakunlanishi aytilgandi.
AQSh Mudofaa vazirligi shartnoma bo‘yicha qancha Puma 3 AE tizimi taqdim etilishini oshkor qilmagan, biroq Shephard Defence Insight bunday dronning bittasini uchuvchisiz uchish apparatlari uchun 225 000 dollarga baholamoqda.
Puma 3 AE jangovar harakatlar zonasidagi bo‘linmalarga real vaqtda razvedka ma’lumotlarini to‘plash imkonini beradi. Qurilma quruqlikda va dengiz sharoitida ishlatilishi mumkin, uni bir kishi olib yuradi, qo‘ldan ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

18:14 / 30.07.2025
Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi

10:41 / 26.06.2025
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi

10:10 / 29.05.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi

19:54 / 23.05.2025