Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yangi Snouden" AQSh hukumati va noqonuniy josuslar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Foto: Globallookpress.com
Milliy xavfsizlik agentligining (MXA) maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash bo‘yicha ishi ko‘rilayotgan sobiq xodimi Harold Tomas Martin III amerikalik noqonuniy josuslar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irladi. Associated Press sud materiallariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
51 yoshli Martinning himoyasi tergov nihoyasiga yetgunga qadar uni qamoqdan ozod qilishni so‘rab, sudga murojaat qildi. Bundan avval sudya Devid Koppertayt ayblanuvchi AQSh milliy xavfsizlik xizmatiga xavf tug‘dirishiga asoslanib, shu mazmundagi so‘rovni rad etgandi. Shuningdek Koppertayt Martinning uyidan taxminan 50 terabayt maxfiy ma'lumotlarni topishga muvaffaq bo‘lgan prokuraturaning dalillarini ham inobatga oldi, bu ma'lumotlarning ichida razvedka xodimlariga oid ma'lumotlar ham bo‘lgan.
MXA sobiq xodimining ijtimoiy muhofazachilari Jyeyms Vida va Debora Bordmen, o‘z navbatida, Martin ma'lumotlarni to‘plash va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, shuningdek yanada malakali mutaxassis bo‘lish istagi tufayli ularni uyda saqlaganini ta'kidlashmoqda. Bundan tashqari, ular Martin "o‘z oilasi va mamlakatini sevishi" hamda ma'lumotlarni xorijiy razvedka xodimlariga yetkazish niyati bo‘lmaganini aytishdi.
Martin 27 avgustda hibsga olingan bo‘lishiga qaramay, bu haqida faqat 5 oktabrdagina ma'lum bo‘ldi. Tergov ishi ma'lumotlariga ko‘ra, u shartnoma bo‘yicha federal hukumat bilan ishlovchi MXA xodimi bo‘lgan va milliy xavfsizlikka oid ma'lumotlarga egalik qilgan. The New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi MXA uchun maxfiy kiberoperatsiyalarni ishlab chiquvchi va ularni amalga oshiruvchi Booz Allen Hamilton kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan.
Martinning uyi va avtomobili, shuningdek omborxona hududida o‘tkazilgan tintuv davomida AQSh hukumatiga tegishli hamda boshqa maxfiy raqamli ma'lumotlar topilgan. Bundan tashqari, hukumatga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 1000 dollardan ortiqni tashkil qiluvchi, taxminan o‘g‘irlangan buyumlar topilgan.
Martinga nisbatan davlat mulkini o‘zlashtirish, shuningdek maxfiy materiallarni ruxsatsiz olish va saqlash ayblovi qo‘yildi.
Amerika maxsus xizmatlarining ommaviy kuzatuvga doir materiallarni oshkor qilgan MXA sobiq xodimi Edvard Snouden ham Booz Allen Hamilton bilan hamkorlik qilgan. 2013 yilda u Amerika maxsus xizmatlari faoliyatiga oid bir qator hujjatlarni jurnalistlarga yetkazgan.
Materiallar oshkor qilinganidan so‘ng Snouden AQShdan Honkongga, keyin esa Rossiyaga qochgan va Moskvadagi Sheremetevo aeroportining tranzit zonasida bir oydan ortiq vaqtini o‘tkazgan. 2013 yilning 1 avgustida u RFdan vaqtinchalik boshpana topgan, bir yildan keyin esa - uch yillik yashash huquqini qo‘lga kiritgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eronning sanksiyalari va Suriya – Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?
Jahon | 19:14
-
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi
Jahon | 19:06
-
90 yillik an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
O‘zbekiston | 18:59
-
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

19:35 / 25.03.2025
Tramp ma’muriyatidagilar maxfiy harbiy ma’lumotlar sizib ketishiga yo‘l qo‘yib berdi

18:16 / 18.01.2025
AQSh razvedkasi sobiq xodimi Isroilning Eronga hujumiga oid maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganini tan oldi

20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi

17:53 / 23.11.2024