BMTning yangi bosh kotibi Rossiya va AQShni yaqinlashtirmoqchi

Foto: AFP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterreshning bayonot berishicha, u Rossiya va AQShni o‘zaro yaqinlashtirish uchun ishlashga tayyor. U bosh kotiblik lavozimiga tasdiqlanganidan so‘ng, RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan.
BMT Bosh Assambleyasi Antoniu Guterresh nomzodini butunjahon tashkilotining bosh kotibligiga tasdiqlagan edi. BMTning to‘qqizinchi bosh kotibi 2017 yil 1 yanvaridan boshlab vazifasiga kirishadi.
"Men ushbu ikki davlat munosabatlari yaxshilanishiga ishonaman. Ular boshqalarni ham ortlaridan ergashtirib, mavjud qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkinligiga ishontirishlari uchun ulkan imkoniyatga ega bo‘ladi", — degan Guterresh.
U, BMT bosh kotibi bo‘lgan vaqtda Moskva hamda Vashingtonni safarbar qila oladimi?, degan savolga Guterresh shunday javob qaytargan: "Imkonim darajasida barchasini amalga oshiraman".
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025