Sayyohlarni xona tozalashga majbur qilgan mehmonxona egasi qo‘lga olindi

Foto: RIA
Politsiya bepul yashash evaziga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarga xonalarini tozalashni majbur qilgan Yaponiya shimolidagi mehmonxona egasini hibsga oldi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Xitoy va Malayziyadan tashrif buyurgan ziyoratchilar bepul yashash yoki katta chegirmaga ega bo‘lish uchun mehmonxonada ishlashgan. Bu esa Yaponiya qonunlariga zid hisoblanadi, unga ko‘ra, qisqa muddatli sayyohlik vizalari asosida tashrif buyurgan xorij fuqarolari bajarilgan ish uchun mukofotlanish huquqiga ega emas. Yana bir qonun xorijliklarning jismoniy mehnat talab etiladigan ishlarga jalb qilinishini taqiqlaydi.
Politsiya mehmonxona egasidan tashqari, bepul yashash uchun mehnat qilayotgan doimiy mehmonlarni ham qo‘lga olgan. Xorijliklar o‘z ayblarini inkor qilishmoqda va mehmonxonadagi tozalash ishlari uchun pul olmaganliklarini aytishmoqda.
Yaqin kunlarda qo‘lga olingan kishining yana 13 mehmonxonasi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

11:30
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

05:00 / 11.03.2025
Yaponiya strategik zaxiralardagi guruchni sotish bo‘yicha birinchi auksionni o‘tkazdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

22:07 / 10.03.2025