Internetda bokschi Mayk Touellning so‘nggi jangi o‘tgan videorolik tarqaldi

Internetda Mayk Touellning eng so‘nggi jangi namoyish etildi. U YouTube.com videoxostingida joylashtirilgan.
Tasvirda shuni ko‘rish mumkinki, u 29 sentabr kuni Deyl Evans bilan Glazgo shahrida jang qiladi. Shotlandiyalik sportchi beshinchi raundda nakautga uchraydi va shifoxonaga yuboriladi. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, Touell 1 oktabr kuni olgan jarohatlari sabab olamdan o‘tadi.
Mayk Touellning yoshi 25 da edi. Professional boksda u 12 ta jang o‘tkazgan, ulardan 11 tasini g‘alaba bilan yakunlagan edi.