Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robbi Uilyams: "Ruslar kabi bayram qil!"

Britaniyalik qo‘shiqchi Robbi Uilyams o‘zining Facebook'dagi sahifasida "Party Like A Russian" ("Ruslar kabi bayram qil") qo‘shig‘iga tasvirga olingan klipni taqdim etdi. Rolikda u hashamatli saroyda baletchi qizlar bilan raqsga tushadi.
Xonanda butun millatning pulini o‘marib, shaxsiy kosmik stansiyasini qurgan, hech qachon tabassum qilmaydigan badavlat rus kishisi haqida kuylagan.
"Ruslar kabi bayram qil, ortiqcha gap-so‘zni to‘xtat, xuddi aqldan ozgandek raqsga tush", - deyiladi qo‘shiq matnida, hattoki bir necha ruscha so‘zlarni ham qo‘shib qo‘yadi. Ushbu kompozitsiya qo‘shiqchining yangi "Heavy Entertainment Show" albomiga kiritilgan.
Uilyams qo‘shiqdan Rossiya prezidenti haqidagi misralarni olib tashlaganini aytdi:
"Rossiyada 147 million kishi yashaydi. Ularni xafa qilmoqchi emasman. Nima bo‘lganda ham, ularning hazil-mutoyibaga munosabati qanday ekanini bilmayman. Men hech kimning ustidan kulmadim. Qo‘shiq siyosiy jihatdan nobop bo‘lmasligi uchun undan bir necha misralarni olib tashladim", - dedi Uilyams The Sun nashriga bergan intervyusida.
Robbi Uilyams Britaniyaning eng mashhur qo‘shiqchisi hisoblanadi. Ijrochi albomlarining dunyo miqyosida sotilishi 55 million nusxadan oshadi. Qo‘shiqchi bir necha marotaba Rossiyada bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi
Jahon | 21:18
-
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi
Jahon | 20:51
-
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 20:28
-
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 20:19
Mavzuga oid

18:06 / 09.05.2025
«Haqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

19:51 / 20.02.2025
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

18:36 / 08.01.2025