Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 8 mart munosabati bilan necha kun dam oladi?
O‘zbekistonda 8 mart - Xotin-qizlar kuni shanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 10 mart, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar 8, 9 va 10 mart kunlarida dam oladi, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa faqat shanba va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi.
Haftasiga besh kun ishlovchi o‘zbekistonliklar 8 mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ketma-ket uch kun dam oladi. Bu Kambag‘allik va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2025 yilgi ish vaqti taqvimida nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10 mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
Shu tariqa, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
- 8 mart, shanba — bayram;
- 9 mart, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
- 10 mart, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat shanba va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi, 10 mart, dushanba ish kuni hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
Mavzuga oid

18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi

22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi

07:07 / 31.08.2024
Toshkentdagi qaysi istirohat bog‘larida bayram tadbirlari o‘tkazilishi aytildi

14:39 / 28.08.2024