Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18-19 oktabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘tkaziladi
2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 19 avgustdagi qaroriga muvofiq ushbu nufuzli tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sessiyada Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda.
Islom konferensiyasi tashkiloti 1969 yil 25 sentabrda Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tgan islom davlatlari sammitida tashkil etilgan. Islom davlatlarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish, turli xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik qaror topishiga ko‘maklashish uning asosiy maqsadi etib belgilangan.
2011 yil 28 iyunda tuzilma nomi Islom hamkorlik tashkiloti, deb o‘zgartirilgan. Bugungi kunda tashkilotga 57 mamlakat a'zo bo‘lib kirgan.
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati Saudiya Arabistoni Podshohligining Jidda shahrida joylashgan. Bosh kotib 5 yil muddatga saylanadi. Amaldagi Bosh kotib Iyad Amin Madaniy 2014 yil 1 yanvardan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda.
Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro huquqning sub'yekti hisoblanadi. Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Tashkilotning oliy organi – Islom sammiti uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Undan keyingi muhim organ Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib, uning sessiyasi har yili a'zo mamlakatlardan birida o‘tkaziladi. 2015 yil may oyida Al-Kuvayt shahrida bo‘lgan 42-sessiyada navbatdagi sessiyani Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1996 yilda a'zo bo‘lgan. Shundan buyon o‘zaro hamkorlik tashkilot huzuridagi barcha tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
-
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi
O‘zbekiston | 14:48
-
IShID yetakchilaridan birini o‘ldirgan AQSh, cho‘kib ketishiga sal qolgan Ramzon Qodirov va G‘azoda davom etayotgan fojia – kun dayjesti
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025