Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh razvedkasi 2003 yili «Al-Qoida» Vashingtonda yadro quroli portlatishini kutgan

AQSh milliy xavfsizlik agentligi 2003 yilning qishida «Al-Qoida» jangarilari tomonidan Vashington yoki uning atrofida yadro bombasi qo‘llashni rejalashtirgani haqidagi ma'lumotga ega bo‘lgan. The Daily Beast xabarida yozilishicha, MXA jangarilar razvedka faoliyatini chippakka chiqarish uchun agentlik shtab-kvartirasida yadro qurilmasini portlatishi ehtimolini hisobga olgan holda harakatlangan.
Xabarda aytilishicha, jangarilar o‘sha yili yangi yil kunida hujum qilishi kutilgandi.
«Razvedka yadro quvvatlari Vashingtondagi operativ boshqaruv tizimi faoliyatini ishdan chiqarish maqsadida portlatilishi mumkinligini taxmin qilgan. Bu esa o‘z ortida halokatli oqibatlarni keltirib chiqarar edi», — deya ma'lumot bergan nashr manbasi. U o‘sha vaqtda yadro qurolini qidirgan guruhlar faoliyatini kuzatib borgan maxsus xizmat xodimi sifatida ishlagan.
«O‘sha yili Rojdestvoni nishonlash uchun yaqinlarim oldiga ham bora olmagandim», deya eslagan u.
MXA xodimlaridan iborat maxsus guruhlar Vashingtondan tashqari Los-Anjyeles va Nyu-York shaharlarida ham ehtimoliy xavfni o‘rganish uchun safarbar etilgan.
Yana boshqa guruhlar terrorchilarning tahdidlariga ishonish mumkin-mumkin emasligini tekshirish bilan band bo‘lgan.
AQSh energetika vazirligi mamlakatning yirik shaharlariga radioaktiv nurlanishni aniqlashi lozim bo‘lgan qurilmaga ega vakillarini jo‘natgan.
2003 yilning 24 dekabrida AQSh MXA rahbari Maykl Heyden (agentlikka 1999 yildan 2005 yilgacha rahbarlik qilgan) Buyuk Britaniya Hukumat aloqalari markazining Ma'lumotlarni tutish bo‘limi rahbari Devid Pepper bilan qo‘ng‘iroqlashgan. U Pepperga "halokat ro‘y bergan taqdirda" razvedka faoliyati ustidan rahbarlikni qo‘lga olish masalasida yordam so‘ragan.
AQShda 2001 yilning 11 sentabrida «Al-Qoida» tomonidan xunrezlik sodir etilgach, shunday xuruj takrorlanishi ehtimoli saqlanib qolgan.
Manba: TACC
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi
Fan-texnika | 12:07
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:48 / 09.07.2025
XAEA rahbari Yevropa davlatlarini yadro quroliga ega bo‘lishga urinishdan qaytardi

22:51 / 26.06.2025
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda

22:39 / 20.05.2025