AQShning Miluoki shahridagi tartibsizliklarda 4 politsiyachi jabrlandi, 17 kishi hibsga olindi

Surat: fox6now.com
AQShning Miluoki shahrida (Viskonsin shtati) qora tanli yigit politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgandan keyin avj olgan ommaviy tartibsizliklar sababli okrug sherifi Devid Klark vaziyatni bostirish uchun AQSh milliy gvardiyasidan yordam so‘radi.
"Biz tunda (13 avgustdan 14 avgustga o‘tar kechasi) sodir bo‘lgan voqealarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Men bunga erishish uchun barcha vositalardan foydalanaman", deb aytdi sherif Miluoki meri, Viskonsin gubernatori va shtat milliy gvardiyasi generali bilan maslahatlashgandan so‘ng.
Tartibsizliklarda 4 politsiyachi jarohat olgan, 17 kishi hibsga olingan.
23 yoshli qora tanli yigitni yarim avtomatik to‘pponchadan otib o‘ldirgan politsiyachi ham qora tanli bo‘lgan. Miluoki meri Tom Barrett keyinroq ma'lum qilganidek, politsiyachiga o‘rnatilgan kameradan olingan tasvir ham o‘ldirilgan yigitda qurol bo‘lganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01