Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mishel Obama va shahzoda Harri nogiron harbiy xizmatchilar uchun musobaqani ochib berdi

Shahzoda Harri va AQShning birinchi xonimi Mishel Obama 8 may kuni Florida shtatining Orlando shahrida shahzoda Harri tomonidan 2014 yilda nogiron harbiy xizmatchilar uchun ta'sis etilgan Invictus Games musobaqalarini ochib berdi.
Musobaqalardan maqsad nogironlarga e'tiborni qaratish, ularning yangi hayot boshlashiga ko‘mak berish hisoblanadi. Invictus o‘yinlari 4 kun davom etib, unda 500 nafarga yaqin kishi ishtirok etadi.
Bundan avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel hamda Buyuk Britaniya qirollik oilasi o‘rtasida hazilona Twitter-jang o‘tkazilgandi. Unda Obama tomonidagilar shahzoda Harriga murojaatida AQSh nimaga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchiligini ifoda qilgandi: "Ey, Kensington saroyidagilar, sizlar Invictus o‘ynashga tayyormisizlar?"
Bunga javoban, Yelizaveta II video e'lon qildi, unda: "Bum, jiddiymisiz? Qo‘ysangiz-chi", — deya xitob qildi.
Keyinroq Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Obama va shahzoda Harrining Twitter-jangiga javob qaytardi.
O‘z videojavobida Tryudo Kanada nimaga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchiligini ma'lum qildi, u bunda nogiron harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan Invictus Games musobaqalarini nazarda tutdi.
Shundan so‘ng Kanada bosh vaziri yerga tayanib ko‘tarilish (otjimaniye) mashqini bajardi va "bum" deya "mikrofonni tashlab yuborish" harakatini ko‘rsatdi.
"Mikrofonni tashlab yuborish" — reperlarga xos tajovuzkorona xatti-harakat bo‘lib, u ijro yakunlanganini bildiradi.
Shahzoda Harri — bu o‘yin tashabbuskori va o‘yin tashkiliy qo‘mitasi prezidenti hisoblanib, bunday musobaqa ilk bor 2014 yili Londonda o‘tkazilgan. 2015 yilning oxirida Vashingtonga tashrif buyurgan va Invictus Games o‘yinlariga qo‘shilishni taklif qilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:55 / 02.05.2025
Shahzoda Harriga Britaniyaga tashrifi davomida shaxsiy qo‘riqchilar ajratilmaydigan bo‘ldi

14:41 / 09.03.2021
«Qirollik xonadoniga qaqshatqich zarba» – Shahzoda Harri va Megan Markl shov-shuvli intervyu berdi

20:35 / 19.02.2021
Shahzoda Harri va uning rafiqasi qirollik oilasi a'zolari majburiyatlarini bajarishdan batamom voz kechishdi

22:17 / 16.01.2020