Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Fotima Mo‘ydinova oilada kenja farzand. U ota-onamga yordam bo‘lsin deb suvoqchilik kasbini tanladi. Suvoqchi qizning qo‘lidan kelmaydigan ishning o‘zi yo‘q: beton quyadi, g‘isht, devor uradi, imorat tomini yopa oladi. Ustachilikning barcha yo‘nalishida o‘zini sinab ko‘rgan. Fotima hozirda otasi bilan birga odamlarning uyida suvoqchilik qilyapti.

34 yoshli Fotima Rishton tumanining Oq-yer qishlog‘idan. Ishlayotgan joyida erkaklarcha shijoatini ko‘rib ko‘pchilik yoqa ushlaydi.
“Yoshligimda qamish o‘rib sotardim. Zovurdan tepalikka qamish olib chiqayotganimda bir odam meni kuzatib turgan ekan. Menga qarab bu yoqqa kel dedi. Notanish odamning yoniga borsam men bilan ishlaysanmi, dedi. Qanaqa ishligini so‘rasam suvoqchilik dedi. Xullas, usta o‘ziga shogird tushishimni so‘ragan. Ikkilanib ham o‘tirmadim. Chunki sharoitim shuni taqozo qilardi. O‘sha kunlar otam ishlamay qo‘ygan. Oilada qiyinchilik bor edi.
O‘sha ustamga mingdan ming rahmat. Ustam tufayli suvoqchilikni o‘rgandim. Endi hammaga birdek yordamim tegyapti.
Bir oyda kamida 7 million so‘m pul topaman. Allohimga shukur, shu yetadi. Bundan tashqari tovuq boqib sotaman.
18 yoshimdan beri suvoqchilik qilaman. Oilada bir o‘g‘il, besh qizmiz. Men kenjasiman.
Ko‘pchilik bu ish senga og‘irlik qiladi, suvoqchi bo‘lishing shartmi deyishadi. Odam o‘zi qiziqqan ishni qilishi kerak-ku.
Ayol kishining suvoqchilik qilishi ko‘pchilikka qiziq tuyuladi. G‘isht quyish ham qo‘limdan keladi, beton quyish, uylarga “zasifka” qilish, devor urish, pol qoqish, “styashka” quyish, o‘choq, tandir yasash, ana shunday ishlar ham qo‘limdan keladi.
Otam ilgari “Belarus” traktor haydardi. “Belarus”da o‘ynardim. Otam qayerda bo‘lsa, men ham o‘sha yerda edim. Orqasidan qidirib borardim. O‘qishga qiziqmaganman. Traktor haydash ham qo‘limdan keladi.
Ayni kunlarda otam bilan birga odamlarning uyida suvoqchilik qilyapmiz. Odamlar har xil. Har xil sharoitda yashaydi. Birovning qo‘li yupqa. Iloji boricha sharoiti og‘ir odamlardan xizmat xaqini kam olaman.
Bitta uydan 3, 4 million so‘mgacha xizmat haqi olamiz. Sharoitga qarayman borib. Kerak bo‘lsa 1,5 million so‘mga qilib beraman. 1 millionga tushgan joylarim ham bo‘lgan. Bitta xonani. Ichi, oldi.
Qishda ham “quruq” ishlar chiqib qolsa, chaqirishadi. Topgan pulimni oilamga sarflayman. Singillarimga beraman. Suv muzlamaguncha suvoqni qilaveramiz. Ishlayotgan joyimda ko‘pchilik adashib meni erkak kishi bo‘lsa kerak deb o‘ylab erkaklarcha qo‘l berib so‘rashishadi”, – deydi Fotima.

“Yoshim 65 da. Fotima qizim bilan bir 10 yildan buyon suvoq qilamiz. Fotimaxon 34 yoshga kirdi. 18 yoshidan suvoq qiladi. O‘g‘il bolalarning ishi bu desam, yo‘q, suvoqchi bo‘laman deb oyoq tirab turib oldi. Zuhraxonni turmushga chiqarganmiz. U ham suvoq ishlarini bilardi. Fotimaxondan faxrlanaman. O‘g‘il bolalar qilib yurgan ish borki, barchasi qo‘lidan keladi”, – deydi suvoqchining otasi Fazliddin ota.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«To‘yga tayyorlagan qizim edi» – Ohangaron suv omborida yuz bergan fojia haqida reportaj
Jamiyat | 22:37
-
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi
O‘zbekiston | 22:00
-
Putin sulh tuzish uchun Ukraina hududlarini so‘ramoqda – OAV
Jahon | 21:58
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
Mavzuga oid

12:37 / 07.08.2025
Farg‘onada qo‘riqlash bo‘limi xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi

15:52 / 15.02.2025
Kamaz tagidan butun chiqqan, kichik jussali katta inson – rishtonlik Sherqo‘zi hikoyasi

21:20 / 06.12.2024