Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi
Suriya funtlari 2012 yildan buyon Rossiya Federatsiyasining «Goznak»ida chop etilmoqda. Suriya hukumati BAA yoki Germaniya kompaniyalari bilan yangi shartnoma imzolash, shuningdek, banknotlarni ulardan Bashar Asad portretini olib tashlagan holda qayta loyihalashtirish niyatida.

Foto: Juma Mohammad/IMAGESLIVE via ZUMA Wire/picture alliance
Suriyaning yangi hukumati Rossiyada mamlakat milliy valutasini bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi, o‘rniga Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yoki Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar berdi Reuters agentligi 16 may, juma kuni manbalarga tayanib. Suriya hukumati 2000 funtlik kupyuralardan o‘tgan yilning dekabr oyida hokimiyatdan ag‘darilgan diktator Bashar Asad portretini olib tashlab, banknotlar dizaynini ham o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Bundesdruckerei davlat federal bosmaxonasi va Giesecke+Devrient xususiy kompaniyasi Germaniyada Suriya valutasini bosib chiqarishga allaqachon qiziqish bildirgan. Reuters agentligi ma’lum qilishicha, BAAda joylashgan Oumolat bilan ham muzokaralar olib borilmoqda. Markaziy bank rahbari va Suriya moliya vaziri may oyi boshida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi.
Rossiyaning «Goznak»i Suriya banknotlarini 2012 yilda bosib chiqarishni boshlagan. Ilgari Suriya funtlarini bosib chiqarish Avstriya Markaziy bankining OeBS bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan. Shartnoma Yevropa Ittifoqining Suriyadagi fuqarolar urushi ortidan kiritgan sanksiyalari tufayli bekor qilingan.
Fevral oyida Suriya Markaziy banki Damashq aeroportiga Rossiyadan bortida Suriya funti bo‘lgan yuk samolyoti kelgani haqida xabar bergan edi. O‘shanda Reuters manbasining aytishicha, gap Bashar Asad davrida Goznak tomonidan chop etilgan «yuzlab milliardlar» haqida ketmoqda. Uning rejimi ag‘darilgunga qadar ular Suriyaga yetib borishga ulgurmagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
Mavzuga oid

08:57
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi

08:53
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi

00:32
Aliyev Rossiyani Ozarboyjonning Ukrainadagi energetika obektlariga zarba berishda aybladi

10:17 / 10.08.2025