Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
Avtobuslar uchun ajratilgan bo‘lak yo‘lning ikki chekkasida emas, o‘rtasida bo‘ladi. Liniya Shota Rustaveli ko‘chasida, Grand Mir mehmonxonasidan boshlanib, “O‘zgarish” chorrahasigacha davom etadi. Loyihani amalga oshirish tendersiz Xitoy kompaniyasiga topshirilgan. Ishlar 1 sentabrgacha yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani markazidan o‘tuvchi Shota Rustaveli ko‘chasining boshidan oxirigacha avtobuslarning tezkor harakatlanishi uchun BRT (bus rapid transit) yo‘lagi quriladi.
Kun.uz'ning Toshkent shahar hokimligidagi manbasiga ko‘ra, hozirda Shota Rustaveli ko‘chasida mavjud “A” harfli maxsus yo‘laklar yo‘lning chetidan o‘rta qismiga ko‘chiriladi.
Yo‘l o‘rtasidagi tezkor yo‘lak uzunligi qariyb 6,5 km bo‘ladi: Grand Mir mehmonxonasi qarshisidagi chorrahadan boshlanib, Choshtepa ko‘chasining boshlanish qismigacha (xalq tilida “O‘zgarish” chorrahasi) davom etadi.
Qurilish ishlari 1 iyundan boshlanib, 1 sentabrgacha davom etishi belgilangan.
Loyihani poytaxt hokimligining “Toshkent invest” kompaniyasi va China State Construction Engineering korporatsiyasi amalga oshiradi. Loyiha qiymati ma’lum emas.
Hokimlik ayni shu masala yuzasidan 20 may kuni matbuot anjumani o‘tkazadi. Unda YHXB, transport boshqarmasi, “Toshkent invest”, TIK Engineering Group va CSCEC loyiha tashkilotlari vakillari qatnashadi.
Ma’lumot uchun, shaharning markaziy ko‘chalarida tezkor avtobus yo‘nalishlari (BRT) tashkil etish prezidentning 2024 yil 24 sentabrdagi 338-sonli qarorida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahar hokimligi China State Construction Engineering korporatsiyasi bilan salkam 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan edi.
Tendersiz tuzilgan kelishuv 300 mln dollarga Toshkent shahri yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, 259 mln dollarga ko‘priklarni loyihalash va qurish hamda 440 mln dollarga yirik turar joy majmuasi qurishni ko‘zda tutadi.
2022 yilda Shota Rustaveli ko‘chasida tramvayni tiklash rejalari haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
Mavzuga oid

14:31
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

16:15 / 02.07.2025