Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
12-14 may kunlari havo issiq, bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 12-14 may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sek tezlikda esadi, 12-13 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/sek gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12-13 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja, 14 mayda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sek tezlikda esadi, 12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/sek gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +34...+39 daraja, 13-14 mayda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sek tezlikda esadi, 12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/sek gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 12 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 13-14 mayda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sek tezlikda esadi. Harorat 12-13 mayda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, 14 mayda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/sek tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, 12 mayda kunduzi +30...+35 daraja, 13-14 mayda +32...+37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo bir oz bulutli bo‘ladi, 12-13 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/sek tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, 12 may kunduzi +22...+27 daraja, 13-14 mayda +24...+29 daraja bo‘ladi.