Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
1–5 iyul kunlari O‘zbekistonda issiq harorat asta-sekin kuchayadi. Respublikaning katta qismida havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha isiydi.

Foto: Kun.uz
1−5 iyul kunlari issiq ob-havo asta-sekin kuchayadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorat kunduzi +34…+37 darajani, eng chekka janubda +40, +41 darajani tashkil etadi.
Eng issiq kunlar respublika shimolida 2–3 iyulda, cho‘l hududlarda 3–4 iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4 iyul va 5 iyul kunlari kuzatiladi. Shu kunlarda hududning katta qismida havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44…+46 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha, 2−4 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyulda respublika bo‘yicha ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 iyun va 1 iyul kunlari harorat asosan +35…+38 daraja, 2–3 iyulda +38…+40 daraja, 4–5 iyulda +40…+43 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida
O‘zbekiston | 15:24
-
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Jahon | 15:24
-
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Jamiyat | 14:47
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet

12:31 / 07.07.2025
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda

14:41 / 04.07.2025