Tramp Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Ukraina prezidenti Rossiya bilan «istalgan formatda»gi muzokaralarga tayyorligini aytgan.

© Chip Somodevilla/ Getty Images
AQSh va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy 8 may kuni kechqurun telefon orqali muloqot qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ular Oliy Rada AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilganini, shuningdek, «tinchlik uchun qo‘shimcha sa’y-harakatlar zarurligi»ni muhokama qilgan. Zelenskiy suhbat chog‘ida Ukraina «bugundan bo‘lsa ham» 30 kunlik otashkesimga tayyorligi va Rossiya bu taklifga rozi bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi.
«Men, shuningdek, Ukraina har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini tasdiqladim. Ammo buning uchun Rossiya urushni to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish bilan yakunlash niyatining jiddiyligini ko‘rsatishi kerak. Prezident Tramp bu urush tugashini istashini, yordam berishga tayyorligini va o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi», – deydi Zelenskiy.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar davom etayotgani haqida yozdi. «AQSh, ideal holatda, 30 kunlik so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda. Umid qilamizki, maqbul o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilinadi va har ikki davlat ushbu to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning daxlsizligiga rioya qilish uchun mas’ul bo‘ladi. Agar o‘t ochishni to‘xtatishga rioya qilinmasa, AQSh va uning hamkorlari qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi», – degan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish oxir-oqibat tinchlik kelishuviga olib kelishi kerak. «Bularning barchasini juda tez amalga oshirish mumkin», – dedi AQSh prezidenti.
Avvalroq, 8 may kuni Tramp AQSh Ukraina bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv jarayoni oxiriga yetkazilgani munosabati tufayli Zelenskiy bilan gaplashmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 21:25
-
Krit orolida yuzaga kelgan yong‘inlar sabab 1,5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Jahon | 21:22
-
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi
Jahon | 21:20
-
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi
Jamiyat | 21:17
Mavzuga oid

19:18
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

07:56
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi

19:39 / 02.07.2025
Trampning Isroil va Hamasga bosimi: G‘azoda 60 kunlik sulh kuchga kiradimi?

15:24 / 02.07.2025