“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi va xotira marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari so‘nggi yillarda shakllangan an’anaga muvofiq, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi hamda “Xotira nuri” kompozitsiyasi bilan tanishdi.
Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 mln 800 ming nafarni tashkil etgan O‘zbekiston aholisining qariyb 2 mln nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.
O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.
Mamlakat urush yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan. G‘oyat og‘ir sharoitga qaramay, O‘zbekiston xalqi urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 mln 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan.
“Bular chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va shonli g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanmoqda. Bugungi avlodlar tinchligi, mamlakat barqarorligi uchun jon fido qilgan insonlar xotirasi hurmat bilan yodga olinmoqda. Ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va keksalarga ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.
Davlat rahbari bog‘da o‘rnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida bo‘lib, katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi.
Asar tarixiy meros va zamonaviy san’atni o‘zida mujassam etgan. Unga QR-havola o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar majmua va urush qahramonlari haqida o‘qishi, “Xotira nuri” kitobini yuklab olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi
O‘zbekiston | 12:58
-
Mers Trampni Rossiyaga qarshi AQSh sanksiyalarini kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:47
-
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi
O‘zbekiston | 12:43
-
Urgut hokimi o‘rinbosari Veterinariya qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:34
Mavzuga oid

12:14
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

10:39
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar

15:15 / 25.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

14:50 / 25.06.2025