Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Nemis so‘l populistlari Chexiya, Slovakiya va Kiprdan bo‘lgan Yevroparlament deputatlari bilan birgalikda Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashish va «Rossiya deputatlari va madaniyat arboblari bilan muloqot qilish» niyatida.

Foto: AP
So‘l populist "Sara Vagenknext ittifoqi"dan ikki nemis yevrodeputati Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligini nishonlash chog‘ida Moskvaga tashrif buyuradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlar Mixael fon der Shulenburg va Rut Firmenix tantanalarda ishtirok etishni rejalashtirgan, deb xabar qildi dpa axborot agentligi 7 may, chorshanba kuni. Shundan so‘ng ular Kiyevga borishni rejalashtirishgan, ularning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Ukraina elchixonasi bilan aloqa o‘rnatilgan.
Moskvada deputatlar «parlament a’zolari, boshqa siyosatchilar va madaniyat sohasi vakillari» bilan muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya, Kipr va Slovakiyadan bo‘lgan Yevroparlament deputatlari bilan birgalikda Moskvaga ikki kunlik safar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 8-10 may kunlari e’lon qilingan otashkesim davrida tashkil etiladi. «Biz Ukrainada uzoq muddatli sulhning amal qilishi muhim ekanini ko‘rsatmoqchimiz», — deya nemis deputatlarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.
9 may kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tadi. Bayramlarda xalqaro mehmonlar, jumladan, Xitoy yetakchisi Si Jinping, uning braziliyalik hamkasbi Luis Inasiu Lula da Silva, shuningdek, Qozog‘iston, Belarus, Kuba va Venesuela rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etishini tasdiqladi, biroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga borishdan bosh tortdi. Shuningdek, YeIga nomzod davlatlar rahbarlariga Rossiyadagi tantanalarga borishdan bosh tortish tavsiya etilgani xabar qilingan.
Mavzuga oid

12:11 / 24.06.2025
Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

13:40 / 23.06.2025
Toshkentda O‘zbekistonda yashaydigan nemislar masalasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi

09:30 / 21.06.2025
Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi

14:16 / 19.06.2025