O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatayotganini qayd etdi.

Foto: Videodan kadr
O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik bo‘yicha bayonot berdi.
«O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlashib borayotgan vaziyat rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Ikkala tomonni vazminlikka chaqiramiz, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilish, vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olish maqsadida diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat qaratish zarur deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston mazkur mojaroni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», deyiladi vazirlik bayonotida.
22 aprel kuni Kashmirda hindistonlik sayyohlarga uyushtirilgan hujumga javoban Hindiston armiyasi 7 mayga o‘tar kechasi «Sindur operatsiyasi»ni boshladi. Pokiston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarbalar oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Pokiston bu zarbalarga javoban artilleriyasini ishga soldi va hind harbiylarining beshta samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi. Hindiston tomoniga ko‘ra, Pokistonning javob zarbalari oqibatida Kashmirda tinch aholi vakillaridan 7 kishi halok bo‘lib, 35 kishi yaralangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025