Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilgan "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forumida Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari faol qatnashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Pokiston delegatsiyasi tarkibida farmatsevtika, to‘qimachilik, teri sanoati, tayyor kiyim-kechak, gugurt ishlab chiqarish, kimyo sanoati va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar vakillari keldi.
Forumning birinchi kunida Pokiston va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida G2B va B2B shakllarida uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekistonning Ideal Textile Orzu kompaniyasi Diners kompaniyasi bilan biznes aloqalarini o‘rnatish, Pokistonga yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilish va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.
Shuningdek, O‘zbekistonda uy tekstili va choyshab mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish borasida tomonlarning aniq rejalari muvofiqlashtirildi.
Zomin tumani hokimligi rahbariyati va Pokistonning Fazal Cloth Mill kompaniyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tumanda to‘qimachilik korxonasini tashkil etish, mayda shoxli qoramol ko‘pligini inobatga olib, teri va junni qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Fatima Group kompaniyasi bilan Zomin tumani tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etish, Broadpeak kompaniyasi bilan esa tumanida 50 o‘rinli zamonaviy mehmonxona qurish loyihasiga investitsiya kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Getz Pharma, Herbion Naturals va Glitz Pharma farmatsevtika kompaniyalari bilan Zominda yetishtirilgan dorivor o‘simliklar eksportini yo‘lga qo‘yish, yaqin istiqbolda import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, Jizzax viloyatida tibbiy xodimlarni o‘qitish va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilish, tuman hududidagi maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fitoterapiya va dorivor o‘simliklar bo‘yicha o‘quv kurslarini uyushtirishga kelishildi.
Mahalliy mahsulotlarni saqlash va eksport qilishga yo‘nalishida Pokistonning TPBS kompaniyasi bilan Zomin tumanida zamonaviy sovitish ombori va logistika markazini qurish tashabbusi ilgari surilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 11:49
-
Bojxona qo‘mitasi pul evaziga mashinalarni Tojikistonga o‘tkazib bergan shaxslarni fosh qildi
Jamiyat | 11:42
-
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihoni 10-12 iyulda bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 11:25
-
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda
Jahon | 11:05
Mavzuga oid

08:20 / 30.06.2025
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

19:58 / 27.06.2025
Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

00:06 / 22.06.2025