Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Xususan, kelasi haftadan boshlab amaldorlar 4,5 ming migrantni 20 kun ichida o‘z xohishi bilan mamlakatni tark etishga chaqiradi.

Foto: Getty images
Portugaliya muvaqqat hukumati noqonuniy ravishda yashab kelayotgan 18 mingga yaqin migrantni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Prezident huzuridagi vazir Antoniu Leytau Amaruning so‘zlariga ko‘ra, o‘ng markazchi hukumat 18 mingga yaqin migrantni mamlakatni tark etish talablari keltirilgan xabarnomalarni yuboradi.
Amaruning so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftadanoq amaldorlar 4,5 ming migrantni 20 kun ichida o‘z xohishi bilan mamlakatni tark etishga chaqiradi.
Ushbu e’lon 18 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdan tashqari umumiy saylovlar arafasi yangramoqda.
O‘tgan hafta Amaru «Portugaliya o‘zining ishlamaydigan deportatsiya tizimini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini» ma’lum qilgandi.
«Shuni tushunish muhimki, Portugaliya — bu Yevropadagi qoidalarni, jumladan, xavfsizlik nuqtai nazaridan buzganlik uchun mamlakatni tark etishi buyurilgan shaxslarni deportatsiya qilish bo‘yicha eng kam amaliyot yuritadigan uch davlatdan biridir», — deydi u.
Avvalroq Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson migrantlarning vatanga qaytishi uchun oladigan yordam puli miqdorini 900 yevrodan 32 ming yevrogacha oshirishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Mavzuga oid

23:17 / 10.07.2025
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

14:52 / 08.07.2025
Nijniy Novgorod aeroportida migrantlarni markirovka qilish boshlandi

18:42 / 07.07.2025