Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda AQSh Moliya vazirligi.

Foto: Facebook / yulia.svyrydenko
«Prezident Trampning mustahkam tinchlikni ta’minlash bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlari tufayli men Qo‘shma Shtatlar va Ukraina o‘rtasida qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha tarixiy iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni e’lon qilishdan mamnunman», dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalning aytishicha, fond 50/50 asosida tashkil etilmoqda va «har ikki tomon teng ovoz berish huquqiga ega». Ukraina «yerosti boyliklari, infratuzilma va tabiiy resurslar ustidan to‘liq nazoratni» o‘zida saqlab qoladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Ukraina tomonidan hech qanday qarz majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Bundan tashqari, kelishuv Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Bloomberg ta’kidlaganidek, kelishuv AQShga Ukrainaning tabiiy resurslarini, jumladan alyuminiy, grafit, neft va tabiiy gazni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalariga imtiyozli kirish imkonini beradi.
Avvalroq Bloomberg News kelishuv loyihasini ko‘rib chiqqan edi. Unda aytilishicha, AQSh va Ukraina «Ukrainaning tog‘-kon sanoati, energetika va unga aloqador tarmoqlariga sarmoyalarni ko‘paytirish» uchun sharoit yaratishga intiladi. Buning uchun qo‘shma investitsiya fondi tuziladi. Tomonlar uning faoliyati natijasida olingan daromadlarni bo‘lishadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
-
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi
Jahon | 13:00
-
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi
Jahon | 12:58
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
Mavzuga oid

13:00
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi

11:09
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi

09:39
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi

23:54 / 14.07.2025