Olimlar Yerni samolyotlar yordamida sovitish usulini topdi
Buning uchun 13 km balandlikka ko‘tarila oladigan Boeing 777F yuk tashuvchi samolyotlaridan foydalansa bo‘ladi.

London universitet kolleji olimlari sayyorani sovitish uchun yangi samolyotlar yaratmasdan, mavjudlaridan ham foydalanish mumkinligini aniqladi. Gap Quyosh nurini qaytarib, Yerdagi haroratni pasaytirishga xizmat qiladigan mayda zarralarni atmosferaga qo‘shish usuli haqida ketmoqda. Tadqiqot natijalari Earth jurnalida chop etildi.
Oldinlari buning uchun aerozollarni juda yuqoriga — ekvator hududida qariyb 20 kilometr balandlikka olib chiqish kerak deb hisoblanardi. Bu esa maxsus samolyotlarni yaratishni talab etadi.
Yangi tadqiqot natijalari esa agar zarralar Yer qutblariga yaqin hududda, masalan, Norvegiya yoki Alyaskada 13 kilometr balandlikka sochilsa, haroratning sezilarli darajada sovishiga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Buning uchun esa oddiy Boeing 777F yuk tashuvchi samolyotlaridan ham foydalanish mumkin.
Ushbu usul ekvator yaqinida nisbatan balandroqqa sochilgan zarralarchalik samara bermaydi. Aynan kutilgan natijani olish uchun mazkur moddadan ko‘proq, ya’ni dastlabki hisob-kitoblardan uch barobar ko‘p foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu esa kislotali yomg‘irlar kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi ham mumkin. Shuningdek, bu kabi usul tropik mintaqalarni yaxshi sovitmaydi — mazkur hududlarda haroratning isish oqibatlari eng og‘ir kechadi.
Shunga qaramay, olimlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning barcha mavjud imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Mavjud samolyotlardan foydalanish, uzoq yillar yangi texnika yaratilishini kutishdan oson va arzonga tushar edi.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, ushbu usul baribir issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish zaruratining o‘rnini egallamaydi. Global isish muammosining haqiqiy yechimi — bu uglerod izini kamaytirishga erishishdir.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi
Jahon | 08:03
-
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi
Jahon | 07:56
-
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 07:44
-
BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

01:29 / 04.06.2025