Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
U sobiq kuyoviga aviakompaniyaga ishga joylashishga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: AFP
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Mun Je Inni poraxo‘rlikda ayblamoqda, deb xabar berdi Reuters.
Jyeongju okrugi prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, u korrupsiya ayblovi bo‘yicha sud jarayoniga jalb etilgan.
Thai Eastar Jet kompaniyasiga asos solgan sobiq deputat Li Sang-Jik ham poraxo‘rlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblangan.
Prokurorlarga ko‘ra, sobiq prezidentning kuyovi mazkur aviakompaniyada yuqori lavozimli ishga joylashtirilgan. 2018–2020 yillarda u maosh va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida 217 million von (151 ming dollardan ortiq) mablag‘ olgan. Prokurorlar bu mablag‘lar sobiq prezidentga pora sifatida berilgan deya hisoblamoqda.
«Prokurorlar Lining Kichik va o‘rta biznes va startaplar agentligi rahbari etib tayinlanishi Munning sobiq kuyovi 2018−2020 yillarda Li nazorat qilgan Tailand korporatsiyasida ish topib, maosh va yashash xarajatlarini olishi evaziga bo‘lganmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rgan», deyiladi bayonotda.
Prokurorlar Munning ayblov xulosasi uchun pretsedent sifatida sobiq prezidentlar Pak Kin He va Li Myon Bakka oid avvalgi poraxo‘rlik ishlarini misol qilib keltirdi. Ularning ikkalasi ham sudlanib, qamoqqa olingandi.
Qonun chiqaruvchi va Munning yaqin yordamchisi Yun Kun Yon ayblov Munni tegishlicha tergov qilmasdan, «kulgili va asossiz» tarzda chiqarilganini ta’kidladi.
Lining kampaniyasi Munga qarshi ayblovni prokuratura tomonidan siyosiy qasos va oldingi ma’muriyatga qarshi repressiya deb atadi.
Mun Je In huquqshunos va fuqarolik huquqlari faoli bo‘lib, 2017–2022 yillarda prezidentlik qilgan. U prezidentlikdan ketganidan keyin, tinch hayot kechirishni boshlagan, turmush o‘rtog‘i bilan ona qishlog‘ida dehqonchilik va parrandachilik bilan shug‘ullanib kelardi.
Juftlik o‘z yurtida kitob do‘koni ham ochgandi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yigirma yil ichida Janubiy Koreyaning bir qator rahbarlari o‘z vakolatlarini tugatgandan so‘ng yoki lavozimini tark etgandan so‘ng ko‘pincha bahsli vaziyatlarga duch kelmoqda.
Xususan, Mundan keyin prezidentlikka saylangan Yun Sok Yol 2024 yil dekabrida harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichmentga uchradi va lavozimidan chetlatildi. U hozirda isyonchilikda ayblanib sud qilinmoqda.
Janubiy Koreyada 3 iyun kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi, so‘rovnomalarda Demokratik partiya nomzodi Li Je Myon yetakchilik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?
Jamiyat | 17:14
-
KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shimcha kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 16:57
-
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi
Fan-texnika | 16:50
-
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi
Jahon | 16:24
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

20:10 / 11.06.2025