Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroda kuchli qo‘rquv sabab yurak yetishmovchiligi sodir bo‘lgan.

Foto: Reuters
Istanbul shahrida yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi 23 aprel kuni yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergan.
Ta’kidlanishicha, Bosh konsulxona marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.
23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida davomli yer silkinishlari kuzatildi, ulardan ikkinchisining magnitudasi 6,2 ballni tashkil etdi. Soat 12:13 dagi birinchi yer silkinishi kuchi esa 3,9 magnitudaga teng bo‘lgan. Ikki zilzila epimarkazi ham Istanbulning markaziy qismidan 50 kilometr g‘arbda, Marmar dengizi sohilidagi Silivri shahri yaqinida joylashgan.
Istanbul gubernatori ofisiga ko‘ra, kamida 151 kishi jarohatlangan, ular yer qimirlashi vaqtida vahimaga tushib, o‘zlarini baland joylardan tashlashgan.
Mavzuga oid

14:17 / 29.05.2025
Rossiya Kiyev bilan muzokaralar yangi raundining joyi va vaqtini taklif qildi

21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

15:02 / 23.05.2025