Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Fortress Minerals kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Ng Mun Fey bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Suhbat davomida O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv sohasida hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston zamini ma’danli qazilmalar zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Xorij tomoniga mamlakatdagi istiqbolli deb topilgan xrom, nikel, magniy va kobalt, titan va dolomit konlari to‘g‘risida ma’lumot berildi va ushbu loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.
"Mazkur takliflar kompaniyamiz rahbariyatiga qiziqish uyg‘otishi mumkin. Ularni yanada batafsilroq o‘rganish uchun yaqin oylarda O‘zbekistonga safar qilishimizni ma’lum qilaman", dedi Mun Fey.
Fortress Minerals kompaniyasi 2017 yilda Singarpurda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Kuala-Lumpurda joylashgan. Kompaniya Malayziyaning Terengganu, Paxang va Sabax shtatlarida temir, mis, oltin va nikel rudalari konsentratlarini qidirish, qazib olish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Xorijda Filippin orollari va Papua-Yangi Gvineya davlatlarida ruda konlariga ham egalik qiladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

11:13 / 24.06.2025
Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi

16:00 / 19.06.2025
Malayziya ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

14:13 / 19.06.2025
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

14:52 / 18.06.2025