Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
U davolab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan bemorlarga nafas olish mushaklarini falajlab, bir necha daqiqada o‘limga olib keladigan dori vositalari aralashmasini yuborgan.

Foto: Getty images
Germaniyada palliativ yordam (jiddiy kasalligi bor insonlarga yordam ko‘rsatuvchi xizmat) guruhi shifokori 15 nafar bemorni o‘ldirishda ayblandi. Bu haqda Berlin Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 22 sentabrdan 2024 yil 24 iyulga qadar ushbu tibbiyot xodimi davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bemorlarga ularning nafas olish mushaklarini falajlab, bir necha daqiqa ichida o‘limga olib keladigan dori vositalari aralashmasini yuborgan.
Odamlar bunga rozilik bermagan va shifokor qilmoqchi bo‘lgan ishdan bexabar bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi 50 yoshdan katta, faqat birinchi bemor — 2021 yil sentabrda o‘ldirilgan erkak 25 yoshda bo‘lgan. Tibbiyot xodimi jinoyat izlarini yashirish maqsadida ayrim qurbonlarning kvartiralariga o‘t qo‘ygan.
Prokuratura 40 yoshli shifokorning harakatlarini «pastkashlik» va «ayyorona» deb atagan, chunki u ojiz holatda bo‘lgan odamlarni o‘ldirgan. Davlat ayblovchisi unga qamoq jazosi va umr bo‘yi tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanishini talab qilmoqda. O‘tgan yil avgust oyidan beri ayblanuvchi tergov hibsxonasida saqlanyapti.
Mavzuga oid

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

14:08 / 21.05.2025
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

14:00 / 20.05.2025