Samarqandda erkak mashinasini stadionda odamlar ustiga haydadi
Nurobod tumanidagi maktabda joylashgan futbol maydonida Nexia haydovchisi mashinasini odamlar ustiga haydagan. YHXX axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Viloyat YHXBning ma’lum qilishicha, yigit futbolda jamoasining yutqazgani alamidan mashinasida stadionga chiqib, odamlar ustiga bostirib borgan.
Mazkur haydovchi va mashina topilgan. Haydovchiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, mashinasi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
YHXB e’lon qilgan videoda yigit qilgan ishidan pushaymonligini aytib, uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshashroq holat o‘tgan yili Sirdaryoda ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda stadionda 29 yoshli erkak Captiva'sini odamlar ustiga haydagandi. Keyinroq uning o‘zi 4,5 yilga qamaldi, mashinasi esa musodara qilindi.
Mavzuga oid

12:28 / 10.05.2025
9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan BYD haydovchisi 4 yilga qamaldi

13:52 / 09.05.2025
Haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari hisoblash 1 iyundan boshlanadi

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

15:14 / 01.05.2025