Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Olimlar 1879 yildan beri qayd etilgan seysmik faolliklarga oid ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldi.

Foto: EPA
Xitoylik seysmologlar guruhi Xitoy va uning atrofidagi hududlarda kuchli zilzila kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Pekin yer silkinishlari agentligi katta muhandisi Chju Xunbinya rahbarligi ostida faoliyat yurituvchi tadqiqotchilar Xitoy va unga tutash hududlarda yaqin yillarda mart oyida Myanmada kuzatilgani kabi kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligini aniqladi.
Olimlar zilzilalarning asosiy oltita davrini aniqlash uchun 1879 yildan beri qayd etilgan seysmik faolliklarga oid ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan.
Mart oxirlarida Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Yer osti silkinishlari Tailand, Xitoy va Vetnamda ham kuzatilgan. Myanmada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3,5 ming kishiga yaqinlashdi, shuningdek, 4,6 mingdan ziyod odam jarohat oldi.
JSSTga ko‘ra, Myanmada hayotiy muhim yordam taqdim etish, kasalliklar tarqalishining oldini olish va asosiy tibbiy xizmatlarni tiklash uchun zudlik bilan 8 million dollar (7,4 million yevro) kerak.
Mavzuga oid

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

22:38 / 13.05.2025
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

18:45 / 13.05.2025