Germaniya Mudofaa vazirligi jangovar dronlar sotib olishni rejalashtirmoqda
Hujumkor uchuvchisiz uchoqlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalar yaqin kunlarda imzolanadi. Germaniya Mudofaa vazirligidagi manbalarning dpa axborot agentligiga ma’lum qilishicha, Bundesver uchun dronlar «kamida ikkita» ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladi.

Foto: Iranian Army/Zuma/picture alliance
Germaniya Mudofaa vazirligi yaqin kunlarda hujumkor dronlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolaydi, deb xabar berdi dpa 3 aprel, payshanba kuni. Dronlarning birinchi partiyasi kichik bo‘ladi va harbiylarga qurilmalarning ishlashi bilan tanishish imkonini beradi. Agentlikka vazirlikdagi manbalar aytishicha, uchuvchisiz uchoqlarni «kamida ikkita» ishlab chiqaruvchidan sotib olish rejalashtirilgan.
Dronlardan foydalanish 100 yil avval tanklar paydo bo‘lganiga o‘xshab zamonaviy urushda «vaziyatni o‘zgartiruvchi jihat» bo‘ldi. Garchi ular butun urushning natijasini belgilay olmasa ham, alohida janglarda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, deya ta’kidladi Germaniya Mudofaa vazirligi.
Germaniya so‘nggi yillarda mudofaa texnologiyalari sohasida boshqa mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qoldi, deya ta’kidlaydi dpa. Bir nechta kompaniyalar vaziyatni tuzatishga harakat qilmoqda, xususan, dastlab Ukrainaga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan HX-2 kamikadze dronini ishlab chiqqan Germaniyaning Helsing shirkati.
HX-2 dronlari sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi, uzoqroq masofaga ega va radioelektron kurash vositalariga chidamli. Avvalroq Helsing vakillari NATOning sharqiy qanotida xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi turdagi UUAni jadal ishlab chiqish tarafdori edi.
Mavzuga oid

13:00 / 12.05.2025
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:11 / 12.05.2025
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

18:41 / 11.05.2025
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi

15:17 / 10.05.2025