Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Trevor Milton 2023 yil dekabr oyida elektr yuk mashinalari ishlab chiqaradigan kompaniyasi haqida investorlarni aldaganlikda aybdor deb topilgan edi.

Foto: Teslarati
Nikola Motor kompaniyasi asoschisi, avvalroq investorlarni aldagani uchun qamalgan Trevor Milton AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan afv etildi. Milton firibgarlik uchun to‘rt yillik qamoq jazosini o‘tayotgandi, ammo hozir ozodlikka chiqdi.
Milton 2023 yil dekabr oyida elektr yuk mashinalari ishlab chiqaradigan kompaniyasi haqida investorlarni aldaganlikda aybdor deb topildi. Masalan, u Nikola kompaniyasi yuk mashinasini «noldan» yaratganini aytdi, garchi aslida bunday bo‘lmasa-da. Shu sababli kompaniya aksiyalari quladi va odamlar katta pul yo‘qotdi. Ammo Tramp uni kechirishga qaror qildi.
Miltonning o‘zi shunday dedi: «Menga erkinlik bergani uchun Trampdan minnatdorman. Bu nafaqat menga, balki adolatsiz hukm qilingan barchaga tegishli».
Endi u o‘z hayoti haqida hujjatli film chiqarishni rejalashtirmoqda. Afvdan keyin Milton aksiyadorlarga pullarni qaytarishi shart emas, bu ham bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

17:34
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda

16:28
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?

15:06
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi

11:29