O‘zbekiston | 12:46 / 28.03.2025
34180
2 daqiqa o‘qiladi

Gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi 1 maygacha kechiktirildi

Prezident hukumatga gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishni bir oyga kechiktirishni topshirdi. Narxlar avval rejalashtirilganidek 1 apreldan emas, 1 maydan oshadi.

Foto: Getty images

Gaz va elektr energiyasiga yangi tariflar 1 maydan kuchga kiradi.Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tariflarni oshirishni keyinga surishni buyurdi, dedi u.

Unga ko‘ra, davlat rahbari aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Tariflarni oshirishning ikkinchi bosqichi avvalroq 1 aprelga rejalashtirilgan edi. Bu hukumatning 2024 yil 16 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

O‘sishning birinchi bosqichi o‘tgan yilning may oyida kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda ijtimoiy iste’mol standartlari joriy etilgan. Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining bazaviy (ijtimoiy me’yor doirasida) narxi 295 so‘mdan 450 so‘mga, 1 kub metr gazning narxi 380 so‘mdan 650 so‘mga oshdi. Iste’mol hajmi oshgani sayin tarif bir necha barobar ortadi.

1 maydan boshlab elektr energiyasi uchun bazaviy tarif (oyiga 200 kVt/soat doirasida) 450 so‘mdan 600 so‘mga, gaz uchun 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshiriladi.

Mavzuga oid