O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi
Shanghai Electric kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi raqamli qurilmasi bo‘lgan 220 kV kuchlanishli "Zafarobod" raqamli podstansiyasining qurilishi muvaffaqiyatli yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Foto: Mariusz Kapala/ Polska Press
Polshaning Strefa Biznesu va PAP elektron portallarida "Energetika tizimini raqamlashtirish: O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi muvaffaqiyatli yakunlandi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Shanghai Electric kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi raqamli qurilmasi bo‘lgan 220 kV kuchlanishli "Zafarobod" raqamli podstansiyasining qurilishi muvaffaqiyatli yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy podstansiya Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, qariyb 75 ming kvadrat metr maydonni egallaydi va O‘zbekiston sharqida energiya ta’minotini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan", – deb ta’kidlangan nashrlarda
Qayd etilishicha, "Zafarobod" raqamli podstansiyasi to‘liq ishga tushgach, hududiy elektr tarmoqlarini mustahkamlash va mamlakatda energiya taqsimotini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. 400 megavatt quvvatga ega yangi inshoot Jizzax viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlashni samarali ikki barobarga oshiradi, yaqin atrofdagi sanoat korxonalari va aholi turar joylarini barqaror energiya bilan ta’minlaydi.
Podstansiya Shanghai Electric kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 250 MVA quvvatga ega ikkita avtotransformator bilan jihozlangan. Ular Jizzax viloyatini ishonchli va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashni kafolatlaydi, shuningdek, bu jadal rivojlanayotgan hududning tobora ortib borayotgan talabini qondiradi.
"Zafaroboddagi eng muhim va innovatsion sarmoya konsepsiyasi podstansiyaning samaradorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oshiradigan to‘liq raqamli tizimni joriy etish hisoblanadi. Podstansiya zamonaviy monitoring va ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari bilan ham jihozlangan bo‘lib, bu joylarda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va ish xavfsizligini oshiradi", – deb yozgan Polsha OAV.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
Mavzuga oid

15:51 / 05.07.2025
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025