Muzliklar erishi oqibatida 2 mlrd odam jabr ko‘radi
Mutaxassislarga ko‘ra, muzliklarning erishi odamlarning suv va oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: YuNeSKO
Muzliklarning erishi 2 milliard kishining suv ta’minoti va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu haqda YuNESKO tomonidan 21 mart — Butunjahon muzliklar kuni munosabati bilan e’lon yangi hisobotida so‘z boradi.
Hisobotda Yer sayyorasidagi muz qoplamlari tez erib borayotgani ko‘plab mintaqalarda suv ta’minoti va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muzliklarning erishi natijasida dunyodagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining uchdan ikki qismi allaqachon zarar ko‘rgan, yaqin kelajakda esa bu jarayon 2 milliard kishiga ta’sir qilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda qor qoplamlarining erishi eng yuqori sur’atda kechmoqda. Ayniqsa, Norvegiya, Shvetsiya, And tog‘lari va Sharqiy Afrikadagi muzliklar global isishdan jiddiy zarar ko‘rgan. Masalan, 1998 yildan beri And tog‘larida muzliklarning qariyb yarmi erib ketgan. Alp va Pireney tog‘larida esa yuqoridagi davr ichida muzliklarning taxminan 40 foizi yo‘qolgan. YuNESKOning suv resurslari bo‘yicha direktori Abu Amaniga ko‘ra, muzliklarning erishi Yer yuzasining yorug‘likni qaytarish qobiliyatini pasaytiradi va bu global isishni yanada tezlashtiradi.
Qayd etilishicha, muzliklarning erishi odamlarning suv va oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari ham xavf ostida. Masalan, AQShda Kolorado daryosi havzasi 2000 yildan beri qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Global isish natijasida yog‘ingarchilik tobora ko‘proq qor emas, balki yomg‘ir shaklida yog‘moqda. Shu sababli suv yerga tez singib, yerosti manbalarini to‘ldirishga ulgurmayapti.
YuNeSKO Bosh direktori Odri Azule vaziyatni favqulodda holat deb atadi va muzliklarni saqlab qolish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq Avstriya muzliklari misli ko‘rilmagan darajada tez eriyotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, 40-50 yildan keyin ulardan asar ham qolmaydi.
Tadqiqotchilarning baholashicha, muzliklarning yo‘qolishi ko‘llar soni oshishiga, xavfli tosh ko‘chkilari boshlanishiga va ekotizimning buzilishiga olib keladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi
Jamiyat | 17:51
-
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 17:51
-
Chexiyada blekaut yuz berdi
Jahon | 17:45
-
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

17:39 / 30.05.2025
2023 yilda muzliklar 600 gigatonna suv yo‘qotdi – Imomali Rahmon

13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda

23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi

23:23 / 28.04.2025