Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari tayinlandi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
Vazirlik markaziy apparati, tizimosti korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
Unda Rustam Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga, A’zam Qodirxo‘jayev Geologiya fanlari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilingan.
Shu bilan birga, yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor sabab qator yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, katta loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Bundan tashqari, sohada kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda ta’limda yangi marralarni zabt etish muhim ahamiyatga ega ekani, inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish katta natijalarga erishishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi

19:48 / 29.04.2024
Kamyob metallar bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi

22:22 / 11.03.2024