«Umra» faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan 19 ta firmaga jarima qo‘llandi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki oyda o‘tkazilgan tekshiruvlarda «Umra» litsenziyasiga ega bo‘lmasdan, ushbu xizmatni ko‘rsatayotgan 31 ta sayyohlik firmasi mas’ullariga jinoiy ish ochilgan. Shuningdek, faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan «turfirma»larga 75 million so‘mdan jarimalar qo‘llangan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda Haj ziyorati 364-sonli hukumat qaroriga asosan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda eslatgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ko‘ra, Haj ziyoratiga olib borish faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umra ziyorati uchun esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi hamda 12 ta tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya berilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mutasaddi idoralar Haj va Umra ziyoratlarini tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Xususan, so‘nggi ikki oyda Haj va Umra ziyoratini qonunga xilof ravishda tashkil etishning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra:
– «Umra» litsenziyasiga ega bo‘lmasdan, ushbu xizmatni ko‘rsatayotgan 31 ta sayyohlik firmasi mas’ullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;
– «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida Umra faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan 24 ta turfirmada tekshiruv o‘tkazildi hamda ularning 19 tasiga 75 mln so‘mdan jarimalar qo‘llandi. Ulardan 5 tasi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunchilikka asosan Raqobat qo‘mitasiga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Mavzuga oid

15:54 / 14.03.2025
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi

20:07 / 03.03.2025
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

18:47 / 18.02.2025
«O‘zbekiston bilan kelishib, Haj kvotasini 15 mingta belgiladik» - Saudiya Haj va Umra vaziri

12:03 / 18.02.2025