Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
Tataristonning yirik iqtisodiy zonasi "Alabuga" va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foto: Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi rahbariyati ushbu korxonada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlar bilan uchrashib, ularning yashash, ovqatlanish va mehnat sharoitlarini o‘rgandi. Hozirda jamiyatda 1150 nafar o‘zbekistonlik faoliyat olib bormoqda.
O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida, iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Alabuga" korxonasi va Migratsiya agentligi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qo‘shimcha 10 ming bo‘sh ish o‘rniga talab olindi.
Agentlik tomonidan ushbu yangi ish o‘rinlari borasidagi tanlov haqida e’lon joylashtiriladi.
Mavzuga oid

22:13 / 14.03.2025
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi

17:20 / 13.03.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

14:43 / 13.03.2025
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi

17:24 / 12.03.2025