“Yilda faqat 1 oy bo‘ladi” - Marg‘ilonning Ramazon bozori haqida
Marg‘ilon shahrining Yovqochar mahallasida Yovqochar bozori bor. E’tiborli tomoni bozor faqat muqaddas Ramazon oyida faoliyat yuritadi. Mahalliy aholi iftorlik uchun taomlar tayyorlab, bozorga olib chiqib sotadi. Bozor peshindan to iftorlik paytigacha qizigandan qiziydi.

Bozordan Ramazon taomlaridan tortib, salqin ichimlig-u, go‘shtli non, somsa-yu, yopgan non, kalla-pocha – barcha taomlarni topishingiz mumkin.
Aytishlaricha, Ramazon bozori bir necha yillardan beri faoliyat yuritib keladi.
Ko‘pchilik aynan shu bozorga o‘rgangan. Uzoq masofa bosib bo‘lsa ham atay bozorga tushib, iftorlik uchun yegulik xarid qilib ketishadi.
Yovqochar bozorining fayzi, gashti boshqacha.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi
Jahon | 13:56
-
Rossiya Ukrainaga 550 ta dron va raketa uchirdi
Jahon | 13:50
-
Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga chaqirgan BMT rasmiysi, rasman tan olingan «Tolibon» va Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 13:34
-
Rossiyada siyosiy mahbuslar o‘z xatida o‘layotganlarni ozod etishga chaqirdi
Jahon | 13:28
Mavzuga oid

09:43 / 16.06.2025
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi

16:20 / 09.06.2025
“Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025