O‘zbekiston | 10:06 / 15.03.2025
4869
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabar berishicha, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Yangiyo‘l tumani hududida o‘tkazilgan reydda fuqarolar N.R. hamda N.S. tomonidan 52 ta kaptar noqonuniy ravishda ovlangani aniqlangan.

Tabiatga 19 million 500 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Holatga qonuniy baho berish uchun hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudiga yuborilmoqda.

“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, joriy yilning 1 martidan 15 avgustga qadar ov mavsumi yopildi. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iyan taqiqlanadi.

Mavzuga oid