Jahon | 13:42
3534
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Denver shahrida American Airlines samolyoti yonib ketdi

Payshanba kuni kechqurun Denver xalqaro aeroportida (Kolorado) American Airlines yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi, deb xabar bermoqda Fox News.

Foto: AP

Aeroport vakilining telekanalga aytishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlangan.

Samolyot qanoti orqali yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Aeroport vakiliga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Ayni vaqtda, ABC News telekanali AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA)ga tayanib, Boeing 737-800 samolyoti Kolorado shtatidagi Kolorado-Springs shahridan Dallas (Texas shtati)ga yo‘l olgan va «ekipaj dvigatel tebranishi haqida xabar bergani» sababli Denverga yo‘naltirilganini xabar qildi.

Samolyot qo‘nish uchun harakatlanayotganda dvigatel yonib ketgan.

Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya paytida bir nechta yengil jarohatlar olib, samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, bortda 172 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

«Biz ekipajimizga, qutqaruv guruhimizga va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish xizmatlariga bortdagi va yerdagi barchaning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor va qat’iy harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid