Jahon | 15:39 / 11.03.2025
1771
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi kuchayib bormoqda. Pekin Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga javob bojlari joriy qildi.

Foto: Ted S. Warren

Amerika prezidenti Donald Tramp tashabbusi tufayli AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi avj olmoqda. 10 mart, dushanba kuni Xitoyning AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi tariflari kuchga kirdi. Amerikaning bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga 10-15 foiz miqdorida jarima bojlari solindi. Bu Xitoydan AQShga import qilinadigan tovarlarga tariflarning navbatdagi oshirilishiga javoban amalga oshirildi.

Fevral boshidan beri AQSh Xitoy importiga 10 foizlik boj qo‘ygan, o‘tgan hafta esa u 20 foizga oshirilgan. Bunga javoban Xitoy Qo‘shma Shtatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yangi bojlar e’lon qildi.

Agrar sektorida bojxona urushi

Xitoy Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha 15 foizlik bojlar AQShdan tovuq, bug‘doy, makkajo‘xori va paxta importiga nisbatan qo‘llanadi. Jo‘xori, soya, mol go‘shti, baliq, meva, sabzavot va sut mahsulotlariga 10 foizlik boj qo‘yiladi.

10 martgacha jo‘natilgan va Xitoyga 12 aprelgacha yetib kelgan tovarlar yangi bojxona qoidalariga bo‘ysunmaydi.

Mavzuga oid