O‘zbekiston | 08:31 / 11.03.2025
1849
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va KOICA yangi katta loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi va KOICA ofisi direktori yangi katta loyihalarni amalga oshirish orqali faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ofisi direktori Shin Myong Sop bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi amaldagi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va davlat boshqaruvidagi raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shin Myong Sop KOICA O‘zbekistonning rivojlantirishga qo‘shgan muhim hissasini ta’kidlab, yangi katta loyihalarni amalga oshirish orqali faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid