Jahon | 17:23 / 11.03.2025
7931
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

Shu paytgacha u boshqa ism bilan yashirinib yurgan, ammo politsiya uning barmoq izlari yordamida shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr

Qariyb 40 yil avval Puerto-Rikodagi qamoqxonadan qochib ketgan erkak AQShning Florida shtatida qo‘lga olindi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Horhe Milya-Valdes ismli jinoyatchi 1987 yilda Puerto-Riko qamoqxonasidan qochib ketgan va shu paytgacha Luis Agirre nomi bilan yashagan.

Barmoq izlari yordamida uning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Kerakli protseduralardan o‘tilgach, natijalar erkakning barmoq izlari 1986 yilda qamoqqa olinishidan oldin olingan ma’lumotlarga 100 foiz o‘xshashi aniqlandi. Shu tariqa mutaxassislar Agirre va Milya-Valdes bir odam ekanini tasdiqladi.

Hibsga olish chog‘idagi videotasvirda erkak politsiya uni ilgari ikki marta qo‘lga olganini, ammo qo‘yib yuborganini, u huquq-tartibot idoralariga «kerak emasligini» aytadi. Uchinchi marta baribir Milya-Valdesni qamashdi.

Avvalroq Qozog‘istonda 10 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid