Britaniya Suriya banklariga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Buyuk Britaniya hukumati Suriyaning 24 ta tashkiloti, jumladan, mamlakat Markaziy banki va neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarini bekor qildi.

Foto: Reuters
Qayd etilishicha, sakkizta bank, xususan, Sanoat banki va Suriya tijorat bankiga nisbatan sanksiyalar bekor qilingan. Al Furat, Deir Ez-Zur, Mahrukat, Ebla, General Petroleum Corporation (GPC), Overseas Petroleum Trading, Syria Trading Oil Company (Sytrol) kabi neft kompaniyalari «qora ro‘yxat»dan chiqarib tashlandi.
Bundan tashqari, Syrian Arab Airlines aviakompaniyasi va boshqa kompaniyalarga qo‘llangan sanksiyalar ham bekor qilindi. Britaniya Moliya vazirligiga ko‘ra, endi ushbu tashkilotlarning aktivlari muzlatilmaydi.
13 fevral kuni Buyuk Britaniya hukumati Suriyada hokimiyat almashgani munosabati bilan ushbu mamlakatga nisbatan sanksiyalarini yumshatmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. 2024 yil dekabrda hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad rejimi a’zolariga nisbatan joriy etilgan cheklovlar o‘z kuchida qoladi.
Dekabr oxirlarida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatni undan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib tashlanishi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
2025 yil yanvar oyi oxirida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Suriyaga qarshi sanksiyalar rejimining kelajakda yumshatilishini izohlar ekan, Damashqdagi yangi hokimiyat «noto‘g‘ri qadamlar qo‘ysa» Yevropa Ittifoqi tomonidan cheklovlar yangilanishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, u Damashqdagi Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi ishining qayta tiklanishi mumkinligini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

16:19 / 09.03.2025