Zelenskiy urushni tugatish uchun Rossiya bilan hududlar almashinuviga rozi
Prezidentning ta’kidlashicha, u hozircha Ukraina qaysi hududlarni Rossiyadan talab qilishini bilmaydi.

Foto: The Guardian
Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tqazsa, Kiyev Moskvaga Kursk viloyatidagi bosib olingan yerlarni qaytarib, hududiy almashinuvni taklif qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Guardian nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz bir hududni boshqasiga almashtirishimiz mumkin», dedi u.
Zelenskiy Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning qaysi qismini so‘rashini hozircha bilmasligini ta’kidladi.
Avvlaroq, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi urushni tugatish bo‘yicha yakuniy muzokaralar o‘tkaziladigan joy qachon belgilanishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Ukraina-Amerika muzokaralaridan so‘ng bu masalaga oydinlik kiritiladi.
Ukraina Rossiyaning Kursk viloyati bir qismini 2024 yil avgust oyidan beri ushlab turibdi.
Mavzuga oid

23:36
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

22:44
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

21:33
Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ichki a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi

20:30