Tepaliklar birlashtirgan tuman: Qo‘shtepa tumaniga sayohat
Qo‘shtepa – Farg‘ona viloyatining tumanlaridan biri. 1926 yilda tashkil etilgan va avvalgi nomi Oxunboboyev bo‘lgan tuman 2010 yildan boshlab “Qo‘shtepa” nomi bilan atala boshlangan. Aholisi 211 ming kishiga yaqin.
Kun.uz muxbiri Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, aholiga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.
Qo‘shtepaliklardan tuman nega bunday nomlanishini so‘radik. Aholi o‘z hokimlarini taniydimi? Ularni qanday muammolar qiynaydi?
Odamlarning ko‘pchiligi muammo sifatida hududda tabiiy gaz yo‘qligi haqida gapirdi. Aksariyat aholi o‘zi yashab turgan tumani ma’nosini bilmasliklarini aytgan bo‘lsa, yana ko‘pchilik tuman hokimini tanimasliklarini ta’kidladi.
Qo‘shtepa tumani qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik. Tumanda ayniqsa uzumchilik yaxshi rivojlangan. Farg‘ona vodiysining markazida, Yozyovon cho‘lida joylashgan. Tuman hududi orqali Katta Farg‘ona kanali (27 km), Marg‘ilonsoy, Janubiy Farg‘ona kanali oqib o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimdan tuman hududida tabiiy tepaliklar Qumtepa, Qamishtepa, Oqtepa, Qoratepa, Langartepa, Sopoltepa, Shahartepa tepaliklari bo‘lgan. Ulardan ayni paytda qabriston sifatida foydalaniladi. Ana shu tepaliklar jamlanib tumanga “Qo‘shtepa” nomi berilgan.
Kun.uz mamlakatning eng chekka hududlarigacha bo‘lib, odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishda davom etadi.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Tasvirchi va montaj ustasi – Sardor Mamirov.
Mavzuga oid

16:07 / 24.02.2025
Toshli tuman - Toshloqdan reportaj

15:51 / 24.02.2025
Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi

14:44 / 02.02.2025
“Uyda o‘tira olmayman” - Qumtepa bozorida savdo qilayotgan 81 yoshli otaxon

19:45 / 30.01.2025