Chirchiqda yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs ushlandi
Narkolaboratoriyadan giyohvandlik moddalarini tayyorlashga mo‘ljallangan 42 litr kimyoviy suyuqliklar topilgan. Poytaxt IIBBga ko‘ra, uning yordamida 10 kg sintetik giyohvandlik vositasini tayyorlasa bo‘ladi.
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar davomida Uchtepa tumanida 25 yoshli shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, uning yonidan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar va sintetik giyohvandlik vositalari topilgan. Shundan so‘ng, tezkor xodimlar tomonidan ushbu moddalarning manbasini aniqlashga qaratilgan tadbir davom ettirilgan. Gumonlanuvchi dorilar va sintetik giyohvandlik vositalarini muqaddam sudlangan 34 yoshli Jasur ismli shaxsdan olgani aniqlangan.
Xodimlar tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahriga borilib, Jasurning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur shaxs narkolaboratoriya tashkil etgani ma’lum bo‘lgan. U yerdan juda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan 42 litr kimyoviy suyuqliklar, 42 gramm giyohvandlik vositasi, 21 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar hamda boshqa daliliy ashyolar topilgan.
Jasur bilan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida, Hamid ismli shaxs ham qo‘lga olingan. U Chirchiq shahridagi yashash manzilida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni saqlab kelgan. Olingan daliliy ashyolar 435 gramm giyohvandlik moddalari va 12 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, 42 litr kimyoviy suyuqliklardan taxminan 10 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi tayyorlasa bo‘ladi. «Bu taxminan 20 mingdan ortiq insonni zaharlashi mumkin edi. Umumiy hisobda tezkor tadbirlar natijasida 813,7 ming dollarlik giyohvandlik moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar ushlab qolindi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukrainaga 550 ta dron va raketa uchirdi
Jahon | 13:50
-
Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga chaqirgan BMT rasmiysi, rasman tan olingan «Tolibon» va Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Tramp – kun dayjesti
Jahon | 13:34
-
Rossiyada siyosiy mahbuslar o‘z xatida o‘layotganlarni ozod etishga chaqirdi
Jahon | 13:28
-
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekiston | 12:47
Mavzuga oid

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

16:15 / 02.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi

23:10 / 28.06.2025